Respublika bolalar kutubxonasida qishki ta’til
4–11-yanvar kunlari
4-yanvar
INGLIZZABON KITOBLAR TO‘GARAGI
Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar o‘ylab topamiz, rasm chizamiz, o‘yin o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz.
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
Kitob nomi: «How to Catch a Yeti»,
Muallif: Adam Wallace & Andy Elkerton
SHAXMAT TO‘GARAGI
O‘yinning asosiy qoidalari bilan tanishamiz, shaxmat donalarini surishni o‘rganib, dastlabki partiyalarni o‘ynaymiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
Boshlovchi: shaxmat ixlosmandi va kutubxona xodimi Shahobiddin Rasulov
O‘SMIRLAR UCHUN STOL O‘YINLARI
Kutubxonadagi o‘yinlar to‘plami bilan tanishamiz, mexanikasini ko‘rib chiqib, do‘stona muhitda strategik fikrlashni mashq qilamiz. To‘garak o‘zbek va rus tillarida o‘tiladi.
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
Mavzu: izquvar surishtiruvlar
Kutubxona bo‘ylab sayr
Kutubxona bo‘ylab sayr qilamiz va unga yangicha nazar tashlaymiz. O‘quv zallarini ko‘zdan kechiramiz, binoning turli burchaklariga boqamiz va kutubxona qanday o‘zgarganini bilib olamiz. Kutubxonaga kiraverishda soat 15:00da yig‘ilamiz. Sayohat davomidagi muloqot o‘zbek va rus tillarida bo‘ladi.
Boshlovchi: kutubxona xodimi
5-yanvar
STOL O‘YINLARI
O‘ynaymiz, muloqot quramiz va foydali ko‘nikmalarni rivojlantiramiz: kelishib olishni, jumboqlarni yechishni, ijodiy fikrlashni hamda jamoada ishlashni o‘rganamiz. To‘garak o‘zbek va rus tillarida o‘tiladi.
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
Mavzu: Tezlik va diqqatga doir o‘yinlar
6-yanvar
SHAXMAT TO‘GARAGI
O‘yinning asosiy qoidalari bilan tanishamiz, shaxmat donalarini surishni o‘rganib, dastlabki partiyalarni o‘ynaymiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
Boshlovchi: shaxmat ixlosmandi va kutubxona xodimi Shahobiddin Rasulov
7-yanvar
“MOTION LAB” sun’iy idrok
Sun’iy idrok va 3D animatsiya bo‘yicha kurs. Ishtirokchilar vizual ijodkorlik uchun SI vositalari bilan tanishadilar, generativ nusxalar yordamida birinchi tasvirlarni yaratadilar va 3D animatsiya asoslarini o‘zlashtiradilar. Uchrashuv rus tilida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir “Circuit” raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Boshlovchilar: “Renderia” jamoasi
O‘SMIRLAR UCHUN STOL O‘YINLARI
Kutubxonadagi o‘yinlar to‘plami bilan tanishamiz, mexanikasini ko‘rib chiqib, do‘stona muhitda strategik fikrlashni mashq qilamiz. To‘garak o‘zbek va rus tillarida o‘tiladi.
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
Mavzu: izquvar surishtiruvlar
8-yanvar

9-yanvar
ENG JAJJI MUSHTARIYLAR UCHUN INGLIZCHA KITOBLAR TO‘GARAGI
Kutubxonamiz pedagoglari va xodimlari bilan ingliz tilida rasmli kitoblar o‘qiymiz, ibratli hikoyalarni muhokama qilamiz, adabiyotga mehr-muhabbat va qiziqish uyg‘otamiz.
Ota yoki onaning ishtiroki shart.
Boshlovchi: maktabgacha ta’lim mutaxassisi, kutubxona xodimi Iroda Oripova
Kitob nomi: «Elf Chase»
Muallif: Martha Mumford & Laura Hughes
“MOTION LAB” sun’iy idrok
Sun’iy idrok va 3D animatsiya bo‘yicha kurs. Ishtirokchilar vizual ijodkorlik uchun SI vositalari bilan tanishadilar, generativ nusxalar yordamida birinchi tasvirlarni yaratadilar va 3D animatsiya asoslarini o‘zlashtiradilar. Uchrashuv rus tilida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir “Circuit” raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Boshlovchilar: “Renderia” jamoasi
INGLIZ TILIDA MULOQOT TO‘GARAGI
Muloqot qurish ko‘nikmalarini mashq qilamiz, yangi so‘z va iboralarni do‘stona hamda o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslangan muhitda bilib olamiz. Tilni kamida A2 darajada bilish tavsiya etiladi.
Boshlovchi: kutubxona xodimi Farzona Jo‘rayeva
Uchrashuv mavzusi: Yangi yil qarorlari
10-yanvar
BOLALAR KITOB TO‘GARAGI
O‘zbek tilidagi kitoblarni o‘qiymiz, ibratli voqealarni muhokama qilamiz, adabiyotga muhabbat uyg‘otamiz.
Boshlovchi: radioboshlovchi va kutubxona xodimi Shahzoda Jo‘rayeva
Kitob nomi: “Beruniy” (“Ildiz” kitoblar turkumi), muallif: Sa’dullo Quronov
“Haqiqiy hayotdagi sun’iy idrok” mashvarati
Kundalik vazifalar uchun SI ilova g‘oyalari ustida ishlaymiz. Bolalar o‘qishda, vaqtni to‘g‘ri taqsimlashda yoki oilaga e’tibor qaratishda yordam beradigan sun’iy idrokka asoslangan ilovalar g‘oyalarini ishlab chiqadilar hamda ularning ilk nusxalarini yaratadilar. Uchrashuv rus tilida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Circuit raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Boshlovchilar: axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar
Brayl yozuvidagi kitoblar to‘garagi
To‘garak Brayl alifbosini yaxshi biladiganlar yoki endigina tanishishni boshlaganlar uchun mo‘ljallangan. Brayl yozuvida lotin imlosida chop etilgan o‘zbek tilidagi kitoblarni o‘qiymiz, paypaslab o‘qishni mashq qilamiz, hikoyalar yuzasidan fikr almashamiz, matnlarni sharhlashni o‘rganib, o‘z taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Ishtirokchilar taktil materiallar bilan ishlaydilar hamda o‘qish uslubini o‘zlashtiradilar. To‘garak bir oyda bir marta o‘tkaziladi.
10-yanvar
Kitob nomi: “Kichkina shahzoda”, muallif: Antuan De Sent-Ekzyuperi
Eng mashhur ertaklardan biri. Bizni uzoq sayyoralarga sayohat va ularning sirli jonzotlari (aholisi)?? bilan uchrashuv kutmoqda.
Boshlovchi: Tiflopedagog Mavluda Karimova
STOL O‘YINLARI
O‘ynaymiz, muloqot quramiz va foydali ko‘nikmalarni rivojlantiramiz: kelishib olishni, jumboqlarni yechishni, ijodiy fikrlashni hamda jamoada ishlashni o‘rganamiz.
To‘garak o‘zbek va rus tillarida o‘tiladi.
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
Mavzu: Jamoaviy o‘yinlar
11-yanvar
“Haqiqiy hayotdagi sun’iy idrok” mashvarati
Kundalik vazifalar uchun SI ilova g‘oyalari ustida ishlaymiz. Bolalar o‘qishda, vaqtni to‘g‘ri taqsimlashda yoki oilaga e’tibor qaratishda yordam beradigan sun’iy idrokka asoslangan ilovalar g‘oyalarini ishlab chiqadilar hamda ularning ilk nusxalarini yaratadilar. Uchrashuv rus tilida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Circuit raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Boshlovchilar: axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar
SHAXMAT TO‘GARAGI
O‘yinning asosiy qoidalari bilan tanishamiz, shaxmat donalarini surishni o‘rganib, dastlabki partiyalarni o‘ynaymiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
Boshlovchi: shaxmat ixlosmandi va kutubxona xodimi Shahobiddin Rasulov
O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyiga sayohat
Rassom O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyiga kutubxona avtobusida kichik sayohat qilamiz. Muzey maydonini o‘rganamiz va rassomning “ichki oshxonasi”ni tadqiq etamiz.
Soat 15:00 da kutubxonaga kiraverishda yig‘ilamiz. Avtobus sayohat ishtirokchilarini muzeyga eltib qo‘yadi va kutubxonaga qaytarib olib keladi. Sayohat davomida muloqot o‘zbek va rus tillarida bo‘ladi.
Boshlovchilar: muzey jamoasi
O‘SMIRLAR UCHUN STOL O‘YINLARI
Kutubxonadagi o‘yinlar to‘plami bilan tanishamiz, mexanikasini ko‘rib chiqib, do‘stona muhitda strategik fikrlashni mashq qilamiz. To‘garak o‘zbek va rus tillarida o‘tiladi.
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
Mavzu: syujetli sarguzashtlar
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.